Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkologik kasalliklarni davolash to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqildi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Joriy yilning 27 sentabr kuni “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi dastlabki masala — “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi fraksiya a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, mazkur qonun loyihasida 8 bob, 51 moddadan iborat. Narkologik kasalliklarga mubtalo bo‘lgan shaxslarni majburiy davolash, narkologik ekspertiza va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bandlar hamda hozirga qadar milliy qonunchilikda mavjud bo‘lmagan “narkologik yordam”, “psixoaktiv moddalar”, “narkologik kasalliklarga mubtalo bo‘lgan shaxslarning tibbiy ijtimoiy reabilitatsiyasi”, “majburiy davolash” kabi yangi tushunchalar aks ettirilgan.
Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishda xalqaro tajriba ham chuqur tahlil etildi. Xorijiy tajribaga muvofiq, bugungi kunda bir qancha mamlakatlarda surunkali alkogolizm va giyohvandlik mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash sud tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga ayrim mamlakatlarda majburiy davolash prokurorning sanksiyasi (Fransiya), hududiy administratsiya yoki politsiyaning (Finlyandiya) qarori asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025
Tibbiy jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 sinfga ajratiladi: yangi qoidalar
11:27 / 09.12.2025