Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kipr prezidenti samolyoti nosozlik sababli Nyu-Yorkka qaytishiga to‘g‘ri keldi
Foto: AP Photo/Petros Karadjias
Bortida Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis va mamlakatning boshqa rasmiy shaxslari bo‘lgan samolyot nosozlik sababli Nyu-York aeroportiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda 29 sentyabrda RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.
Gap xususiy samolyot haqida borib, Kipr delegatsiyasi BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkda o‘tgan sessiyasidan Kiprga qaytayotgan bo‘lgan.
Newsbomb portali ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida samolyotning old oynasi bilan muammolar yuzaga kelgan. Ekipaj Londongacha uchmaslikka va aeroportga qaytishga qaror qilgan.
Samolyot Nyu-Yorkda tungi vaqt qo‘ngan. Anastasiadis va unga hamrohlik qilgan delegatsiya a'zolari mehmonxonada qolishgan. Ular 29 sentabr kechki vaqt uchib ketishlari kutilmoqda.
Avvalroq Nyu-York aeroportiga Pokiston bosh vaziri Imron Xon boshchiligidagi delegatsiyasi qaytishiga to‘g‘ri kelgandi. Delegatsiya samolyotida Toronto aeroportiga yaqinlashib qolganda muammolar aniqlangan.
Mavzuga oid
15:14 / 09.03.2026
Kiprdagi aviabazaga hujum qilgan drondan Rossiyada chiqarilgan qismlar topildi
15:15 / 03.03.2026
Trampning e’tirozi: Britaniya Eronga zarbalar uchun bazalarini bermadi
13:43 / 02.03.2026
Kiprdagi Britaniya aviabazasi dron hujumiga uchradi
15:22 / 05.02.2026