Jamiyat | 10:21 / 29.09.2019
37615
2 daqiqa o‘qiladi

Oramizdagi odamlar: «Tezroq nafaqaga chiqib, Buxoroga qaytsam...»

3 yil oldin Buxorodan Toshkentga kelgan 57 yoshli Jumanazar Avezov O‘zbekiston Milliy universiteti hududidagi tozalik ishlariga javobgar insonlardan biri sifatida mehnat qilmoqda.

Jumanazar Avezov ish vaqti boshlanadigan soat 06:00dan to soat 16:00gacha fizika, kimyo matematika va yana boshqa fakultetlar atrofini so‘ligan gullardan tozalaydi, chiqindilar yig‘ilmasligini nazorat qiladi.

U Qorako‘lda, o‘z qishlog‘ida ish topish qiyinligi tufayli ko‘pchilik boshqa davlatlarda yoki shaharlarda qurilish ishlarida ishlayotgani, qishloqda esa asosan nafaqaxo‘rlar, ayollar va maktab o‘quvchilari qolgani haqida so‘zlab berdi.

«Oilam Qorako‘lda. 2 nafar qizim bor. Ularni o‘qitganman – ikkalasi ham hamshira. Oylik maoshimni (1 yarim million so‘m) to‘liq uyga yuboraman. Shular uchun ishlayapman-da», - deydi Jumanazar Avezov.

U ayni paytda tezroq nafaqaga chiqib, Buxoroga qaytishni, o‘z mahallasida to‘y-ma'rakalarga qatnashib yurishni orzu qilmoqda.

Zilola G‘aybullayeva.
Tasvirchi: Doniyor Yakubov.

Mavzuga oid