Abdulhamid Aliyorov Buvayda tumani Jalayer mahallasidan. U bozorda arava tortadi, töy-haşamlarda samovarda çoy qaynatib, odamlarning oğirini yengil qiladi. Turmuş örtoği bir neça yil avval jigar xastaligidan vafot etgan. Ikki nogiron farzandini ham ota, ham ona bölib parvariş qilyapti. Otaxon pul jamğarib, Umra safariga ham borib kelgan.

Asosan dehqon bozorida arava tortib tirikçiligini ötkazayotgan otaxon oilasi va Umraga borib kelgani haqida sözlab berdi:

“66 yoşdaman. Har yakşanba kuni bozorga çiqaman. Iş yaxşi bölsa, 200 ming sömgaça pul topaman.

Boşqa kunlari töy-ma’rakalarda samovarda çoy qaynatib, tirikçilik qilaman. Har xil odam bor, birov ön ming, boşqasi esa beş ming söm beradi. Topgan pulimga bozorlik qilib, uyga qaytaman.

Ikki qiz, ikki öğil — tört farzandim, uç nevaram ham bor. Turmuş örtoğim 4 yil avval oğir xastalikdan vafot etgan.

Yaratganga şukr, kuç-quvvatim bor. Kirlarni özim yuvaman, oş-ovqatimni ham özim qilaman. Ikki nogiron öğilni parvariş qilib kelyapman. Topgan pullarim rözğorga yetib turibdi. 800 ming söm pensiya olaman. Nolimayman, tirikçilik ötyapti.

Bir marta davlat tomonidan Umraga bordim, keyin yana körgim keldi uluğ joylarni.

Özim pul yiğib, yana ikkinçi marta Umraga borib keldim. Muqaddas manzillarga borgan odam u yerlarga yana borgisi kelaverarkan. Nasib qilsa, uçinçi marta ham bormoqçiman”.

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz