Olis Nurobod tumanining Sahoba qişloğida yaşovçi, turmuş örtoği oğir kasallikdan vafot etgaç, 7 qizini bir özi “Kombi” maşinasida tirikçilik qilib boqayotgan Öğiloy Eşqulova haqida avval ham xabar bergan edik.

Lavha e’lon qilingaç, oilaga yordam beruvçilar köp böldi. Ana şundaylardan biri — saxovatpeşa tadbirkor, Samarqanddagi “Yuksalish group” rahbari Anvar Temirov oilaga yap-yangi “Damas” avtomobilini sovğa qildi.

Albatta, onaizorning kutilmagan tuhfadan söng hissiyotlarini söz bilan ta’riflaş qiyin.

Öğiloy Eşqulovaning kenja qizi Iymona şu kuni 1 yoşni töldirdi. Bu ham oila uçun öziga xos unutilmas sovğa böldi. Tadbirkor maşinani onaning nomiga rasmiylaştirib berişni ham öz gardaniga oldi.

Tadbirkor özining ham uç nafar qizi borligi, endi qizlari 10 nafarga yetganini aytib, barça qizlarning voyaga yetgunça ta’minotini öz zimmasiga olişini aytdi.

Şuningdek, Anvar Temirovning döstlari samarqandlik yana ikki quruvçi tadbirkor oila istiqomat qilayotgan pastqam uyni töliq qayta qurib, barça şaroitlarini ta’minlaşni ham va’da qildi.

Öğiloy Eşqulova özbek xalqining bu qadar muruvvatli ekanidan hayron qolganini aytib, qiyin vaziyatda öz oilasiga yordam berayotgan barça saxovatpeşalarni duo qildi.

Bu qisqagina xayrli voqeadan şunday xulosa çiqariş mumkinki, toki yurtimizda yoş, şijoatli, muruvvatli va zabardast ana şunday tadbirkorlar bor ekan, yetim-yesirlar heç qaçon taqdir hukmiga taşlab qöyilmaydi.

Şuhrat Şokirjonov, Kun.uz muxbiri
Operator va montajçi: Jahongir Aliboyev.