Öğiloy Işqulova Samarqand viloyati Nurobod tumani Sahoba qişloğidan. Turmuş örtoği vafotidan keyin u farzandlarini boqiş uçun “Moskviç” sotib oldi. “Temir ayol” maşinasida qöy, piçan taşiydi. Uyga qaytişda qizlariga bir quçoq yegulik olib keladi.
Qahramonimiz hayoti, kunlik iş faoliyati haqida sözlab berdi:
“Turmuş örtoğim maktabda öt yoquvçi bölib işlar, çöponlik ham qilardi. U kişi jigar sirrozi bilan oğrib vafot etgaç, farzandlarni boqiş mas’uliyati yelkamga tuşdi. Kasal paytida ham kötarib yurardim u kişini, qölimdan kelgança davolatdim, lekin Hindistonga olib borolmadim, imkoniyat bölmadi, pul topganimda balki hozir ham yaşayotgan bölarmidi?!..

Er-xotin qöş xökiz deyişadi. Turmuş örtoğimdan keyin men yolğizlanib qolgandim. Taqdir azal bergan sinovdan töğri xulosa çiqarib, hayotda kuçli ayol bölişga qaror qildim. Maşina minişni örgandim. Endilikda texnika boşqariş hayotimning bir qismiga aylangan.

Qişloğimizda mendan boşqa maşina minadigan ayollar yöq, örganib qolişgan. Begona odamlar “Moskviç” boşqarayotganimni körib ortimdan hayron bölib qarab qolişadi.
Yoşim 33 da. Yaratgan menga şu yetti qizni voyaga yetkazişni sinov qilib berdi. Şu qizlarim uçun yaşayman faqat, ularning öynab-kulib yurganini körib quvonaman. Böynimdan quçib ayajon deganda yengil tortaman. Farzandlarimning boriga şukr. Bolalarimga imkon bölganda bir kilo-yarim kilo göşt olib kelaman, ba’zida bir oyda bir, ba’zida ön kunda bir.

Maşinada yuk taşib, keçqurun bolalarimga nimadir olib kelişga harakat qilaman. Xudoga şukr qilaman, şunça qizim bor ekan, xafa bölişga haqqim yöq.
Ertalab soat törtda turib, sigir soğaman, mollarga qarayman, bolalarga nonuşta tayyorlayman. 43-maktabda farroşlik ham qilaman. Keyin çiqib maşinada bozorga yo biror joyga qöy-qözi, mollarimiz uçun öt, karrak tikan taşiymiz.












