Şafoat opa Arzamova qişloq ayollari bilan birga kunlik işlarga çiqadi. Boğlarda meva, dalada paxta teradi. Ayni paytda u sabzi kavlaş işlariga jalb qilingan. Matonatli ayolning kenja öğli muhojirlikda kasallik orttirib kelib vafot etgan. Farzand doğini kötara olmagan ota ham erta hayotdan köz yumdi. “Kunlik işlarga çiqib özimni ovutişga harakat qilaman. Ham rözğor kamçiliklarini butlayman”, deydi u.
“Paxta teriş mavsumi tugab, endi sabzi yiğiştirişga tuşdik. Har bir kunimizga 90 ming sömdan berişadi.

Erta tongdan to keç 16:30 larga qadar daladamiz. 57 yoşdaman. Tanişlarim pensiya pulingizni olib tinçgina uyda ötirsangiz bölmaydimi, deyişadi. Uyda ötira olmayman. Kunlik işda pul topib rözğor kamçiliklarini butlasam deyman. Tört muçam soğ, Yaratganga şukr, mehnat qilişga yarayman.

Oilada 9 jonmiz. Katta öğlimning 4 farzandi bor. Turmuşga çiqib ketgan qizim ham biz bilan yaşaydi. Öğlim qişloqda ustaçilik qiladi.
Sabzida dekabrning yarmiga qadar iş bor. Yanvar, fevral oylarida kunlik işlar kamayadi. Şu vaqtda ozgina dam olamiz. Mart oylaridan esa yana qölimiz qölimizga tegmaydi.

Turmuş örtoğim vafotidan keyin oilada ham ota, ham onaman. Heç bir bandaga farzand doğini bermasin ekan. Kenja öğlim 20 yoşida Rossiyaga işlagani ketib, kasal bölib qaytdi. Bir neça kasalxonalarga olib borib davolatişga harakat qildik. Lekin qölimizdan heç narsa kelmadi. 2011 yilda vafot etdi. Farzand doğini kötara olmay turmuş örtoğim ham erta hayotdan köz yumdi.

Erta bahordan boşlab to dekabr oyi oxirigaça kunlik işlarga çiqib rizqimizni terib kelamiz. Yil böyi işlab buğdoy, kömir, yoğ, guruç ğamlab qöyaman. Farzandlarim muhtojlik körmasin deyman. Bir kun işlab kelib rözğorimni but qilsam, Yaratganga şukrlar aytaman. Bundan ortiğini söramayman. Mardikorçilikni har xil talqin qilişadi. E’tibor bermaslikka harakat qilaman. Mardikorlik qilib yuribdi bu ayol degan gap-sözlardan uyalmayman. Çunki şu orqali rözğor tebratyapman. Baxt men uçun farzandlarim yonimda ekani, nevaralarim borligi.







