Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda mavjud sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, mavjud sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish, olis va chekka qishloqlarda sport inshootlarini barpo etish chora-tadbirlari rejasi;
Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, mavjud sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish, olis va chekka qishloqlarda sport inshootlarini barpo etish chora-tadbirlari rejasi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Andijon viloyati hokimligining:
“Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi” unvoniga, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati, shuningdek, O‘zbekiston chempionati sovrindorlarini Andijon viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha maslahatchi etib biriktirish;
jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha biriktirilgan maslahatchilarning asosiy vazifalari sifatida mahalliy yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tegishli tuman (shahar) hokimliklariga metodik, amaliy hamda tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat etib belgilash;
b) jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi mavjud oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilarining oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida pedagogik amaliyot o‘tashini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026