O‘zbekiston | 10:10 / 30.09.2019
26787
2 daqiqa o‘qiladi

Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: council.gov.ru

2019 yil 1-3 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning  Federal Majlis Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi  o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid