Jahon | 21:02 / 01.10.2019
8182
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Federal zaxira tizimini dollar narxini oshirib yuborishda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimini (FZT) dollar narxi oshib ketishiga olib kelgan qaror qabul qilishda, natijada dollar boshqa valutalarga nisbatan noraqobatbardosh bo‘lib qolganligida aybladi.

"Taxmin qilganimdek, Jyey Pauell va Federal zaxira tizimi dollarning boshqa valutalarga nisbatan o‘ta kuchayib ketishiga yo‘l qo‘yishdi, natijada bizning ishlab chiqaruvchilarimiz buning salbiy ta'sirini o‘zlarida his qilishmoqda", – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Seshanba kuni dollar kursi jahondagi asosiy valutalarga nisbatan o‘sdi.  

Ushbu haftada FZT vakillari, jumladan, tizim raisi Jyerom Pauellning chiqish qilishi kutilmoqda.

FTZ 17-18 sentabr kungi yig‘ilish yakuniga ko‘ra bazaviy foiz stavkasini yillik 2-2,25 foizdan 1,75-2 foizgacha tushirdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid