Putin yangi harbiy bloklar tuzilishiga qarshi chiqdi
Rossiya yangi harbiy bloklar tuzilishiga qarshi chiqadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» klubining XVI yillik yig‘ilishidagi munozaralar chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozmoqda TASS.
«Bizning konsepsiya shundan iboratki, Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa yoki Shimoliy Atlantika misolida yaratilgan yangi bloklar tuzish kerak emas», - dedi u Hind va Tinch okeanini qamrab oluvchi konsepsiya haqidagi fikri borasida berilgan savolga javoban.
Putinga ko‘ra, bugungi kunda Osiyoda ASeAN, shuningdek, uning atrofidagi turli maydonchalar tuzilmasi markaziy tashkilot sanaladi. «Agar turli xil tashkilotlarning bunday tarmog‘i tuzilsa hamda ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqasi yo‘lga qo‘yilsa, unda uni istalgan narsa bilan atash mumkin. Agar qandaydir blok tashkilotlar tuzishga harakat qilinsa, mening fikrimcha, bu Osiyoga, Osiyodagi hozirgi holatga begonadir», - dedi Rossiya rahbari.
Rossiya prezidentining fikriga qaraganda, buning iloji yo‘q, sababi ko‘pgina davlatlar kimlargadir qarshi bo‘lgan qandaydir bloklarga kirishni istamaydi, balki boshqa tomonning manfaatlarini inobatga olgan holda turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun vaziyat yaratmoqchi.
«Ularni topish va birgalikda olg‘a intilish. Ular qandaydir davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikda ishtirok etishni istamaydi, boz ustiga biron bir blokda qatnashishni ham xohlamaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024