Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neva daryosidan o‘zbekistonlikning jasadi topildi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) 2019 yil 3 oktabr kuni Leningrad oblasti hududida Neva daryosida O‘zbekiston fuqarosi Sh.M.ning jasadi topilgan. Ayni paytda tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda marhumning qarindoshlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026