Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tabrikladi
Bugun, 5 oktabr kuni, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti saytida xabar berildi.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, faoliyatida muvaffaqiyatlar, Tojikiston xalqiga esa farovonlik, tinchlik va barqarorlik tiladi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida tojik-o‘zbek yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha izchil ish olib borishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Ma'lumot o‘rnida, Imomali Rahmon (2007 yil 21 martgacha Imomali Sharipovich Rahmonov) 1952 yil 5 oktabr kuni tug‘ilgan. 1992-1994 yillarda Tojikiston Oliy Majlisi raisi, 1994 yildan Tojikiston Respublikasi prezidenti.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026