Jahon | 19:30 / 07.10.2019
8565
1 daqiqa o‘qiladi

Kurdlar AQSh Turkiyaning Suriya shimoli-sharqiga kirishini ma'qullaganini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriya shimoli-sharqiga bostirib kirishini ma'qulladi, deyiladi “Suriya demokratik kuchlari” qurolli koalitsiyasi qo‘mondonligining kommyunikesida.

“Amerikalik harbiy xizmatchilarning chegaradagi Ras-al-Ayn va Tell-Abyad shaharlaridan kutilmaganda olib chiqib ketilishi kurdlar uchun ortdan berilgan zarba bo‘ldi. AQSh shu tarzda kurd xalqiga berilgan kafolatni buzdi”, - deya iqtibos keltiradi bayonotdan Al Hadath telekanali. 

SDKning ta'kidlashicha, turklarning Suriyaga kirishi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda eng yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

"IShID yetakchilari kurd jangchilari tozalagan hududlarga yana qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - deyiladi bayonotda.

Turkiya chegara bo‘ylab xavfsizlik hududi tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu hududga Turkiyadagi yuz minglab suriyalik qochoqlar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid