Jahon | 21:13 / 07.10.2019
9230
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya qiroli 5 nabirasini qirollik xonadoni a'zoligidan mahrum etdi

Foto: AFP 2019 / Jonathan Nackstrand

Shvetsiya qiroli Karl Gustav XVI 5 nabirasi – kenja qizi va o‘g‘lining farzandlarini qirollik uyi a'zolari ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.

Qirollik uyining 7 oktyabrdagi bayonotiga ko‘ra, shahzoda Karl Filipning ikki va malika Madlenning uch farzandi qirollik uyiga boshqa tegishli bo‘lmaydi. Biroq shu bilan birga ular qirollik oilasi a'zolari bo‘lib qolishadi va shahzoda hamda malikalar unvonlarini saqlab qolishadi. Ammo endi ularga “oliy hazratlari” deb murojaat qilinmaydi. Shahzoda va malikalarning ota-onalari qirollik uyi a'zolari bo‘lib qolishadi. 

Ta'kidlanishicha, bunday qaror shahzoda Karl Filip va malika Madlenga farzandlarini maksimal erkin tarbiyalashga imkon beradi. “Ular o‘zlari istagan odam bo‘lishlari, jumladan siyosat yoki biznes bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi”, deyilgan Svenska Dagbladet nashrida.

Qirollik uyi vakili Fredrik Verselning ma'lum qilishicha, ushbu qaror qirollik sarf-xarajatlariga jiddiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va uning rafiqasi qirolicha Silviya 2012 yilda valiahd malika Viktoriyaning qizi Estel dunyoga kelgandan keyin ilk bor bobo-buvi bo‘lishgan. Malika Viktoriya taxtni egallash tartibida onasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hozirda Shvetsiya qirolining 7 nafar nabirasi bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid