BAAning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2019 yilning 8 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Arab Amirliklarining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Said Matar Sultan as-Siri al-Qamziyni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi va O‘zbekiston - BAA muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda hamkorlikning boshqa masalalari ham muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi TIV xabarida.
Bundan oldin, BAAning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Harib Al-Muhayribiy diplomatik faoliyatini yakunlayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
12:30 / 02.11.2024
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
07:30 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi tayinlandi
15:31 / 26.10.2024