Jamiyat | 11:12 / 09.10.2019
15844
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining qator tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta'minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta'mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. 

“Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur ta'mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida iste'molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.

2019 yil 9 oktabr kuni, Nurafshon shahar, “Oybek” MFY hududidagi jami 557 ta aholi xonadonlarida va 8 ta ulgurji iste'molchilarida soat 13:00 dan 18:00 gacha, Toshkent tumani, “Masalboy” hududi, “Majnuntol” MFY hududidagi jami jami 3680 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Toshkent tumani, “Chosh-tepa” hududi, “Sabzavot” MFY, “Gulzor” ko‘chasidagi jami 50 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Bo‘stonliq tumani, “Kichiksoy” MFY, “Qardoshlar” va “Tovoqsoy” MFY, “S.Rahimov” ko‘chalaridagi jami 205 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Zangiota tumani, “Xonobod” hududi, “Istiqlol” MFY, “Mirishkor” ko‘chasi  hududidagi jami 180 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 10800 ta aholi xonadonlarida va 60 ta ulgurji iste'molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, Bo‘ka shahri “Yangi xayot”, “Toshloq”, “Navro‘z”, “O‘zbek”, “Do‘stlik”, “Guliston” va “Madaniyat” MFY hududida yashovchi jami 3500 ta aholi xonadonlarida va 50 ta ulgurji iste'molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, 2019 yil 10-12 oktabr kunlari Bekobod shahar, “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida yashovchi jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.

“Hududgazta'minot” AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid