Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda paxta qo‘shib yozish holatining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Unda «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2.490 kg paxta xomashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari, «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, Qoraqalpog‘istonda paxta qo‘shib yozish holati aniqlangandi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:57 / 12.05.2026