O‘zbekiston | 23:53 / 14.10.2019
159176
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi eng xaridorgir avtomobil ma'lum qilindi 

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqariluvchi Nexia 3 sedani O‘zbekistonda eng ko‘p sotiluvchi avtomobil modeli bo‘ldi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ o‘z Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, ushbu modeldan yil boshidan  52 176 dona sotilgan. Boshqa modellardan qancha sotilgani ma'lum qilinmagan.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-iyul oylarida UzAuto Motors 147650 dona avtomobil ishlab chiqargan, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil qiladi. 2018 yilda kompaniya 8 ta modeldagi mashinalardan umumiy hisobda 220 ming dona ishlab chiqargan. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 135 ming donani, 2016 yilda 85 ming donani tashkil qilgan.

Ta'kidlanishicha, kompaniyaning bir yillik ishlab chiqarish quvvati 300 ming avtomobilni tashkil qiladi: Asakadagi zavod yiliga 250 ming dona, Xorazm viloyatidagi filial 40 ming dona, krossover va biznes-sedanlar yig‘iluvchi Toshkentdagi filial 10 ming mashina ishlab chiqara oladi.

Mavzuga oid