Qozog‘istonda ham non narxi oshadi

Foto: The Daily Meal
Qozog‘istonda non narxi oshadi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxon Omarov xabar berdi, deb yozmoqda Tengrinews.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir nonning narxi hududga qarab 75-78 tengega teng. «O‘ylaymanki, bu sodir bo‘ladi. Narx oshishi u qadar katta bo‘lmaydi - 80-82 tenge atrofida», - deya qo‘shimcha qildi vazir. Shu bilan birga, u bu narxlarning biroz ko‘tarilishi ekanligini ta'kidladi.
«Non narxi keskin ko‘tarilishining oldini olish uchun biz «Prodkorporatsiya» AJ bilan barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don sotib olyapmiz. Bundan tashqari, har bir viloyat hokimligi barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don va un xarid qilmoqda. «Prodkorporatsiya» har yili, fevraldan iyulga qadar, ichki bozorni barqarorlashtirish uchun 150-250 ming tonna donni kombinatlar o‘rtasida sotadi. Non narxi keskin ko‘tarilmasligi uchun bu yil 150 ming tonna g‘alla ichki bozorga sotildi», - dedi mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari matbuot anjumanida.
Bundan oldin, O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida qolipli non (buxanka)ning narxi 1500 so‘mga ko‘tarilishi xabar berilgandi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, bu don va un narxlarining erkinlashtirilishi tufayli ro‘y beradi.
Manbaning ta'kidlashicha, kam ta'minlangan va ko‘p bolali oilalarga «non kompensatsiya» puli sezilarli oshishi mumkin. Kompensatsiya miqdori oyiga 50 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda hukumat non uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun oyiga qariyb 1,6 million kishiga 22,5 ming so‘mdan to‘lamoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShga safar qilgan YeI rasmiylari bir martalik telefondan foydalanadi
Jahon | 22:15
-
Suriyaning Moskvadagi elchisi Rossiyadan boshpana so‘radi
Jahon | 22:02
-
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi
Jahon | 21:18
-
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 21:14
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025