Özbekistonda yaqin vaqt içida qolipli non (buxanka)ning narxi 1500 sömga kötariladi. Bularning barçasi don va un narxlarining erkinlaştirilişi tufayli röy beradi, deb xabar qilmoqda Kun.uz manbasi.
Eslatib ötamiz, oktabr oyi boşida Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa egalari kengaşi hukumat va parlamentga Ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlaş yuzasidan murojaatnoma bilan çiqdi. Yillar davomida aholini arzon un va non bilan ta'minlaş masalasi ğalla yetiştiriş va uni qayta işlaşning davlat tomonidan qat'iyan boşqarilişi va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan ğallaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qiliş tamoyillari asosida hal qilinib kelindi.
Natijada, fermer xöjaliklarining hosildorlikni oşiriş va ğalla yetiştiriş hajmini köpaytirişga qiziqişi pasayib, xarajatlarni faqat davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida amalga oşirib, qöşimça daromad oliş uçun öz mablağlarini yönaltirişdan manfaatdorligi bölmadi.
Şu bilan birga, arzon unning katta qismi amalda aholining tegişli qatlamlariga yetib bormasdan bozor narxlarida sotildi, ya'ni qöyilgan maqsad – aholining manzilli ijtimoiy himoyasi ta'minlanmadi. Öz navbatida donni qayta işlaş korxonalarida va savdo taşkilotlarida suiiste'mol qiliş holatlari ham uçraydi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, murojaat böyiça deputatlar tomonidan joylarda ötkazilgan örganişlarda mahalliy un aholiga qat'iy örnatilgan davlat narxlarida yetib bormayotganligi, aholi unni bozor narxlarida sotib olayotganligini aytişgan.
Fermerlarning asosiy da'vosi hozirgi amaliyotda don tayyorlov korxonalari fermerlardan olgan ğallasiga nafaqat öz vaqtida, balki ba'zida töliqligiça hisob-kitob qila olmayotganligidan iborat. Buning natijasida fermerlar ziyonga kirib işlab, zarur texnika va kombaynlarni sotib ololmayotgani, texnika yetişmaslikdan hosilni keç, uşoqli donlar yarim tökilib ketgandan keyin örib olayotganligi ma'lum böldi.
Ğalla xarid narxlari bozor narxlariga yaqinlaştirilgan şaroitda, bir qator don korxonalari fermer xöjaliklaridan qabul qilgan ğalla uçun hisob-kitobni yakuniga yetkaza olmayaptilar. Buning sababi don korxonalari buğdoyni bozor narxida xarid qilib, qayta işlaşdan tayyorlangan unning 1 kilosi uçun 1400 sömdan, ya'ni Hukumat tomonidan belgilab qöyilgan qat'iy narxda sotişlari bilan izohlaşmoqda. Don korxonalari zarar körayotgani sababli, fermerlar bilan öz vaqtida hisob-kitob qila olmayaptilar.












