Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.
Mamlakatlar yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarboyjon hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakat Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur'at bag‘ishlashini qayd etdi.
Davlat rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida ta'kidladi va Ozarboyjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.
Uchrashuv yakunida prezidentlar ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat'iy ekanini tasdiqladilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
15:58 / 01.11.2024
Ozarboyjonga safar: Kavkaz Hirosimasiga aylangan Ag‘dam
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:20 / 23.10.2024