Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti parlament tomonidan qonun asosida qabul qilinadi
Ayni kunlarda parlament quyi palatasida bir qator qonun loyihalari maromiga yetkazilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni xodimi Laylo G‘ulomova.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi deputatlari va ishchi guruhi tomonidan “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi quyi palataning navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishga tayyorlanayotgani aytiladi.
Prezidentning 2018 yil 22 avgustdagi “Budjet ma'lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan budjet ma'lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbarining mazkur qarori asosida ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Reglamentlari normalari takomillashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, 2020 yildan boshlab mamlakatda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari axborotlari batafsil bayon etilgan, ilg‘or standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi.
Mazkur qonun loyihasi bilan qaror topadigan yangi amaliyot budjet ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, budjet mablag‘larining shakllanishi hamda sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi, shuningdek, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor sub'yektlarning budjet jarayoni, budjet ma'lumotlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradi, budjet jarayoniga fuqarolarning jalb etilishiga, daxldorligini ta'minlashga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026