Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonun loyihalarini ishlab chiqishda davlat tili qoidalariga amal qilinadimi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Normativ-huquqiy atamalar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga hamda qonun loyihalariga qo‘yilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan ko‘rib chiqildi.
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi huzuridagi kotibiyat katta referenti Behzod Sultonovning yozishicha, yig‘ilishga o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq mazkur qonun loyihasiga mas'ul bo‘lgan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi deputatlari, Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari, mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi – qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma'nosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda, yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha ish olib boruvchi maxsus komissiya hisoblanadi.
Yig‘ilishda Komissiya tomonidan davlat tili qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasiga 30 dan ortiq tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, qonun loyihalarini tayyorlash chog‘ida normativ-huquqiy atamalarni qo‘llash izchilligini saqlash bo‘yicha bildirilgan 20 dan ortiq takliflar ko‘rib chiqildi.
Masalan, qonun loyihalariga qo‘yilgan talablardan biri normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta'minlash bo‘lib, mazkur talabga rioya etilishini ta'minlash maqsadida, mehnat sohasidagi qonun hujjatlari asosida «bitim» tushunchasi «kelishuv»ga, «xo‘jalik faoliyati» esa «moliya-xo‘jalik faoliyati»ga o‘zgartirildi. Muhokamalar jarayonida qonun loyihasi «Davlat tili haqida»gi, «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi hamda «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan tegishli talablar asosida batafsil ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, hozirda qo‘mita tomonidan davlat tili qoidalari va komissiyaning xulosalari asosida qonun loyihasini maromiga yetkazish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026