Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va BAA 1,4 mlrd dollarlik kelishuvlar imzoladi
Rossiya va BAA Vladimir Putinning BAAga tashrifi davomida 1,4 mlrd dollarlik kelishuvlar imzoladi.
“Neft-kimyo, transport, tibbiyotga sarmoyalar kiritilmoqda. Bugun yangi kelishuvlar imzolandi. Gap 1,4 mlrd dollarlik loyihalar haqida bormoqda va ular turli sohalarni qamrab oladi”, deb aytgan Putin ikki davlat biznes vakillari bilan uchrashuvda.
Putin Moskva BAAning Rossiya iqtisodiyotiga kiritayotgan investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab, BAAning Mubadala jamg‘armasi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining ilk hamkorlaridan biriga aylanib, ikki jamg‘arma birgalikda 2,3 mlrd dollarlik 45 ta loyihani amalga oshirganini aytgan.
Putin tashrifi davomida Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga lochinlar oilasiga mansub oq shumkar qushini sovg‘a qilgan. Rossiya yetakchisi Saudiya Arabistoniga bundan bir kun avvalgi tashrifi vaqtida xuddi shunday qushni Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga sovg‘a qilgandi. Ushbu qush Fors ko‘rfazi davlatlarida qimmatli sovg‘a hisoblanadi.
Putin o‘z navbatida Ol Nahayondan BAA prezidentining avval bosh qarorgohi bo‘lgan Qasr al-Husn saroyining maketini sovg‘aga olgan.