Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta turma yopiladigan bo‘ldi
Nyu-York shahar kengashi dunyodagi eng katta axloq-tuzatish muassasasi hisoblanuvchi Raykers turmasini yopishni ko‘zda tutuvchi rejani ma'qulladi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.
Ist-River bo‘g‘ozidagi Raykers orolida joylashgan turma 10 ming mahbusga mo‘ljallangan.
Shahar ma'muriyati 2026 yilgacha turmaning yopilishini ko‘zda tutuvchi 8,7 mlrd dollarlik rejani qabul qilgan. Uning o‘rniga kichikroq o‘lchamdagi 4 ta turma quriladi.
Rejaga ko‘ra, yangi turmalar Nyu-Yorkning Bruklin, Kvins, Bronks va Manxetten tumanlarida joylashadi.
Ta'kidlanishicha, turmaning yopilishiga u yerda ko‘plab qoidabuzarliklar va xizmat suiiste'moliklariga yo‘l qo‘yilishidan darak beruvchi dalillar sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025