Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij Brexit bo‘yicha yangi kechiktirish berilishiga qarshi chiqdi
Fransiya hukumati Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish muddatini kechiktirish Londonga ham, yevropaliklarga ham kerak emas, deb hisoblamoqda.
Foto: Global Look Press
"Qo‘shimcha kechiktirish hech kimning manfaatlariga mos kelmaydi", - dedi Fransiya hukumatining rasmiy vakili Sibet Ndiayye.
U Bryussel va London o‘rtasidagi kelishuv haqida gapirar ekan, "Britaniya parlamenti bu masala bo‘yicha nimani o‘ylayotgani haqida aytadigan vaqt kelganini" ta'kidladi.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Berlin "qisqa texnik kechiktirish"ga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Brexit’ni kechiktirish bo‘yicha tuzatish kiritilishini Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasining 322 deputati ma'qullagan, 306 deputat qarshi chiqqandi.
Yevropa kengashi raisi Donald Tusk yakshanba kuni Britaniya tomonidan Brexit muddatini ko‘chirish iltimosi bitilgan maktub olganini, shu bois YeI davlatlari rahbarlari bilan maslahatlashuvlar boshlayotganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:22 / 23.03.2026
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
10:54 / 23.03.2026