Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadagi 1080ta xonadonda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent viloyati Zangiota tumanining bir necha hududlari kesishmasidagi gaz quvurlarida avariya holati yuz berdi.
«Hududgazta'minot» AJ xabariga ko‘ra, ayni damda gaz ta'minoti korxonasi ishchi guruhi tomonidan mazkur avariya holatini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ta'mirlash ishlarining texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra, 2019 yil 24 oktabr kuni, Zangiota tumanining «Tariqteshar», «Quyoshli», «Tuyabo‘g‘iz» va «Turkiston» MFYlari hududidagi jami 1080 ta aholi xonadonlarida soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.
«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026