Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari e'lon qilindi
O‘zbekistonda ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari tasdiqlanadi. Tegishli hujjat loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari attestatsiyasi hududiy attestatsiya komissiyalari tomonidan, boshqa ta'lim muassasalari attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi.
Ushbu mezon talablari jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim tashkilotlariga tatbiq qilinmaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati va ta'lim sifatini baholash 4-ta yo‘nalishning 7 ta rivojlanish sohalari bo‘yicha 19 standartning bajarilishi indikatorlar asosida o‘rganiladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etilganlik holati, amalga oshirilgan ishlar natijaviyligi yo‘nalishida 3ta rivojlanish sohasi tahlili qilinadi:
1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi;
2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi;
3. Ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi.
Boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati yo‘nalishi bo‘yicha bitta rivojlanish sohasi:
Rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha kuyidagi standartlar bajarilishi va tahlili qilinadi:
Maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy-texnika bazasi holati.
Bu yo‘nalishga kuyidagi rivojlanish sohalari kiradi:
Moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar;
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati.
Umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi bo‘yicha (200 ballgacha);
ta'lim jarayoniga davlat ta'lim standartlarini joriy etilishi bo‘yicha (200 ballgacha);
o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi bo‘yicha (400 ballgacha);
pedagog kadrlarning salohiyati bo‘yicha (300 ballgacha);
moddiy – texnik ta'minot bo‘yicha (200 ballgacha);
ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha (200 ballgacha);
O‘rta maxsus ta'lim tashkilotlari (akademik litseylar) quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
tashkiliy-boshqaruv faoliyati samaradorligi bo‘yicha;
ta'lim jarayoniga davlat ta'lim standartlarining joriy etilganligi bo‘yicha;
o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi bo‘yicha;
o‘quvchilarning darslik hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanganlik darajasi bo‘yicha;
pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha;
ta'lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish usullari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi bo‘yicha;
moddiy-texnik ta'minoti bo‘yicha;
ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish sifati bo‘yicha;
xalqaro va respublika fan olimpiadalarida ishtirok etish holati va ularda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar salmog‘i bo‘yicha;
bitiruvchilarning oliy ta'lim tashkilotlariga o‘qishga kirishi holati bo‘yicha;
o‘rta maxsus ta'lim tashkiloti faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha;
Kasb-hunar ta'limi tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning davlat ta'lim standartiga muvofiq tashkil etilganligi bo‘yicha;
ta'lim muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta'minlanganlik darajasi va ularning ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etilganlik holati bo‘yicha;
o‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha;
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi bo‘yicha;
o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma'ruzalar to‘plami, metodik qo‘llanma, elektron darsliklar) mavjudligi hamda kutubxona yoki axborot-resurs markazi fondining ular bilan to‘ldirilganligi bo‘yicha;
kutubxonaning yoki axborot-resurs markazining o‘qitish tiliga mos holda o‘quv, metodik, siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi bo‘yicha;
moddiy-texnika ta'minoti va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish holati bo‘yicha;
zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha;
respublika va xalqaro miqyosdagi kasbiy ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari salmog‘i bo‘yicha;
ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi bo‘yicha;
kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, ta'lim tashkilotiga o‘quvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha;
bitiruvchilarning ta'limning keyingi bosqichlariga o‘qishga kirishi hamda ishga joylashishi darajasi bo‘yicha;
ma'naviy-ma'rifiy ishlarning tashkil etilganligi va uning samarasi bo‘yicha;
o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishi holati bo‘yicha;
Oliy ta'lim tashkilotlari (OTT) quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
tashkiliy-boshqaruv faoliyati samaradorligi OTT tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati - uning missiya (tashkilot asosiy faoliyatining mazmuni)si strategik va joriy rejalar, ta'lim maqsadlari va vazifalarini samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
davlat ta'lim standarti va malaka talablarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi o‘quv jarayoni davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga mos holda tashkil etilgan bo‘lishi kerak;
talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni baholash jarayonida xolislik va shaffoflikni ta'minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarining (ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlariga muvofiqligi OOT professor-o‘qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyati darajasi respublikadagi o‘rtacha salohiyat darajasi bilan qiyoslanadi, ularning tayanch ma'lumotlari (mutaxassisligi, ixtisosligi) o‘zlari dars beradigan fan(lar)ga muvofiq bo‘lishi kerak;
talabalarning darslik (elektron darslik) va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta'minlanganligi darajasi, elektron kutubxona tizimining mavjudligi, undan foydalanish samaradorligi va mustaqil ta'lim bo‘yicha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatining yaratilganligi OTT o‘quv rejalaridagi fanlardan talabalar darslik (elektron darslik) va o‘quv qo‘llanmalari bilan me'yor talablari doirasida ta'minlangan bo‘lishi kerak;
moddiy-texnika ta'minoti, o‘quv laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar hamda foydali o‘quv-laboratoriya maydoni bilan ta'minlanganligi darajasi OTT ta'lim jarayonida o‘z strategiyasini to‘liq amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik ta'minotga ega bo‘lishi kerak;
elektron ta'limning joriy etilishida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi ta'lim jarayonida elektron ta'limning joriy etilishiga OTTda zamin yaratilgan va uni amalda qo‘llash uchun tizimli choralar (mexanizm) belgilangan bo‘lishi kerak;
ta'limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi OTTda ta'limning ilm-fan va kadr iste'molchilari bilan integratsiyasi hamda o‘zaro aloqalarining yo‘lga qo‘yilganligi va samarasi bo‘lishi kerak;
ilmiy-tadqiqot faoliyati OTTda professor-o‘qituvchilar ilmiy izlanishlarining natijalari amaliyotga joriy etishga qaratilgan yoki yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
ma'naviy-ma'rifiy faoliyati OTTda ta'lim-tarbiya jarayoni uyg‘unlikda olib borilishi kerak;
bitiruvchilarning ta'limning keyingi bosqichlariga o‘qishga yoki ishga joylashishi so‘nggi 2 o‘quv yilida OTTni bitirgan talabalarning ishga joylashganlik darajasi ko‘rib chiqiladi, bunda davlat granti asosida bitirgan talabalar 100% ishga joylashgan bo‘lishi kerak;
xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi;
abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishida so‘nggi ikki o‘quv yilida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishning belgilangan talab va tartiblar asosida tashkil etilganligi va amalga oshirilganligi o‘rganiladi;
ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, malakasi va ko‘nikmalaridan qoniqishi holatida bitiruvchilarning bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga berilgan baho ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlanadi.
bitiruvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi (sifati), yakuniy davlat attestatsiyasiga oid faoliyat va uning natijalari OTTda bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari sifati, yakuniy davlat attestatsiyasi faoliyati qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026