Jahon | 01:18 / 25.10.2019
27816
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qo‘shinlari va Asad armiyasi o‘zaro jangga kirishdi 

Turkiya qo‘shinlari va ularning ittifoqdoshlari Suriya shimolida hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga hujum qildi. Bu haqda Suriyaning SANA davlat agentligi o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi. 

Foto: Reuters

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar Hasaka viloyatidagi Tal-Tamr shahri yaqinida yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, turk kuchlari bir nechta qishloqni egallab olmoqchi bo‘lgan, Suriya qo‘shinlari esa hujumga javob bergan, biroq yo‘qotishlarga uchragan. Halok bo‘lganlarning aniq soni ma'lum qilinmagan.  

Shuningdek, Ras-al-Ayn yaqinida kurd otryadlari va turk harbiylari o‘rtasida ham to‘qnashuv yuz bergan. 

Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga amal qilayotgani, biroq o‘z ortidan xavfsiz hududda qolayotgan kurdlarga hujum qilish huquqini saqlab qolishini ta'kidlab o‘tgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid