Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriya shimoli-sharqini kurd tuzilmalaridan tozalashga va'da berdi
Turkiya yetakchisi "Agarda Yevropa o‘z va'dasida turmasa, suriyalik qochoqlar uchun chegaralarni ochib yuborish" bilan tahdid qildi
Agarda kurdlarning "Xalq mudofaa kuchlari" tuzilmalari ajratilgan vaqt ichida o‘z jangarilarini olib ketmaydigan bo‘lsa, Turkiya Suriya shimoli-sharqini ulardan tozalaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
"Biz Rossiya bilan 340 km masofaga cho‘zilgan hududni terrorchilardan tozalashga kelishib oldik, so‘ngra birgalikda qo‘riqlashga kirishamiz. Agarda hudud ajratilgan 150 soat ichida terrorchilardan tozalanmasa, bu ishga biz kirishamiz", - dedi u.
Erdo‘g‘an AQSh kurd tuzilmalari Suriya bilan chegaradan ketishiga va'da bergani, ammo amalda bunday bo‘lmaganini eslatdi.
Erdo‘g‘an yana bir bor "Agarda Yevropa o‘z va'dasida turmasa, suriyalik qochoqlar uchun chegaralarni ochib yuborish" bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026