Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya IShID rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilganini tasdiqladi
OAVda IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqidagi xabarlar fonida Turkiya Mudofaa vazirligi AQSh Anqara bilan muvofiqlashtirilgan holda IShID rahbariga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazganini tasdiqladi.
Anadolu agentligining Turkiya Mudofaa vazirligidagi manbasi xabar qilishicha, 27 oktyabrga o‘tar kechasi Suriyaning Idlib shahridagi amaliyotdan oldin amerikalik va turkiyalik harbiylar o‘zaro ma'lumot almashgan.
Ushbu amaliyotda 8ta vertolyot va 4ta uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, amerikaliklar aviatsiyasi 27 oktyabrga o‘tar kechasi Suriya va Turkiya chegarasi yaqinidagi Idlib viloyatining Barisha qishlog‘ida joylashgan bir necha uyga raketa zarbalari yo‘llagan. Amaliyot 4 soatga yaqin vaqt davom etgan. Aviazarbalar yakunida binolar butkul vayron bo‘lgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyidan 7 kishining jasadi topilgan - 3 nafar erkak, 3 nafar ayol va bir bola.
Qayd etilishicha, Idlibdagi havo hududini rossiyalik harbiylar nazorat qiladi.
Bundan avvalroq Reuters agentligi, CNN telekanali va boshqa nashrlar o‘z manbalariga asoslangan holda, AQSh Abubakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgani haqida xabar tarqatgandi. Reuters agentligining Eron maxsus xizmatlaridagi manbalari Suriya tomoni IShID rahbarining halokati haqida xabardor qilganini tasdiqlagan.
Hozircha ushbu amaliyot va uning yakunlari bo‘yicha rasmiy bayonot berilmadi. AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida shunday xabar qoldirgan: «Katta voqea sodir bo‘ldi». Lekin u nimani nazarda tutgani noma'lum. CNN agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Oq uy biometrik ko‘rsatkichlar va DNK-ekspertiza natijalari olinganidan so‘ng bu haqda rasmiy bayonot berishni rejalashtirgan.
Abu Bakr al-Bag‘dodiy kim?

Uni IShID rahbari va jahonning birinchi raqamli jinoyatchisi deb atashadi, u ko‘p yillardan beri ta'qibda.
2011 yilning oktyabrida AQSh uni rasman «terrorchi» deb atagan va u qayerdaligi haqidagi ma'lumot uchun 10 mln dollar miqdorida mukofot e'lon qilgan.
U haqda «juda yaxshi tashkilotchi» va «shafqatsiz taktik» degan ta'riflar yuradi.
Uning haqiqiy ismi Ibrohim Avad al-Badri hisoblanadi. U 1971 yilda Bag‘doddan 125 km shimolda joylashgan Samarra shahrida tug‘ilgan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, u 2003 yilda koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirgan vaqtda Samarradagi masjid imomi bo‘lgan.
Ayrim ekspertlarning taxmin qilishicha, u Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn boshqaruvi vaqtidayoq ekstremistga aylangan edi.
Ammo u Iroq janubidagi Kemp-Bukka lagerida (bu yerda «Al Qoida»ning ko‘plab qo‘mondonlari saqlangan) o‘tgan 4 yil davomida radikallashgani aytiladi.
U haqda 2010 yilda gapira boshlashdi, o‘shanda keyinroq IShIDga aylangan «Iroqdagi Al-Qoida» guruhi shakllangandi.
Uzoq vaqt davomida Bag‘dodiy Suriya va Iroq chegarasidagi hududda yashirinib kelishi haqida gaplar yurardi.
16 sentabr kuni IShID 30 daqiqalik audioxabar tarqatdi, unda Bag‘dodiyniki ekani aytilgan ovoz tomonidan IShID tarafdorlari harbiy amaliyotlar o‘tkazishga chaqiriladi.
2017 yil iyunida Rossiya Mudofaa vazirligi ham al-Bag‘dodiy Suriyaning Raqqa shahri yaqinidagi aviazarba oqibatida halok bo‘lganini ma'lum qilgandi. Aviazarba IShID yetakchilari yig‘ilgan binoga berilgandi.
Ammo o‘shanda AQSh boshchiligidagi Xalqaro aksilterror koalitsiya bu xabarni tasdiqlamagandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026