Jahon | 17:55 / 28.10.2019
4584
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytiradi

Foto: REUTERS/Carlos Barria

Reuters agentligining qayd etishicha, Mnuchin bilan uchrashuv o‘tkazgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga bosim o‘tkazishni kuchaytirishga chaqirgan.

Qo‘shma Shtatlar Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytiradi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ma'lum qildi.

"Biz sanksiyalar orqali maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini olib bormoqdamiz. Ular ish berdi va ish bermoqda", - dedi Mnuchin.

Reuters agentligining qayd etishicha, Mnuchin bilan uchrashuv o‘tkazgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga bosim o‘tkazishni kuchaytirishga chaqirgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr Eron bilan muloqot o‘rniga unga nisbatan kuchliroq bosim o‘tkazish kerakligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid