Jahon | 20:34 / 28.10.2019
10554
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyadan rossiyalik diplomat chiqarib yuborildi

Bolgariya prokuraturasi Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlashda gumon qilingan Rossiya fuqarosi diplomatik maqomga ega bo‘lgani bois unga nisbatan surishtiruvni to‘xtatishini ma'lum qilgan.

Foto: GETTY IMAGES

Bolgariya hukumati razvedka faoliyatida gumonlab Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda "Fokus" agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mamlakat prokuraturasi Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlashda gumon qilingan Rossiya fuqarosi diplomatik maqomga ega bo‘lgani bois unga nisbatan surishtiruvni to‘xtatishini ma'lum qilganidan so‘ng Bolgariya TIV Rossiya tomonidan uning mamlakatni tark etishini talab qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya fuqarosi Bolgariyani tark etgan.

Rossiya elchixonasi bu xabarga hozircha izoh bermadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid