Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV sapyorlarning maxsus himoya kiyimini sinovdan o‘tkazdi
IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida sapyorlarning maxsus himoya kiyimi sinovdan o‘tkazildi.

Markazga Garant Shveytsariya–Germaniya kompaniyasi mutaxassislari tashrif buyurdi. Tadbirda kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan «SPS – 15» sapyorlik kostyumi namoyish etildi. Boshqarmaning otryad komandirlari va markaz xodimlari ishtirok etgan tadbirda kompaniya bosh direktori Mark Milevskiy himoya kostyumining afzalliklari, boshqa shu turdagi vositalardan farqlanishi, undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berdi.
Sapyorlik kostyumi amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Mazkur himoya kiyimini kiyib olgan sapyor avtobus, yengil mashina va samolyotga joylashtirilgan portlovchi qurilma maketlarini qidirib topish, neytral hududga olib o‘tish, zararsizlantirish mashg‘ulotlarini ado etdi. Har bir topshiriq komandirlar tomonidan boshqarib turildi.


– Bu sapyorlik kostyumining bir qancha afzallik tomonlari bor ekan. Biz hozir foydalanib kelayotgan bunday kostyumlarning og‘irligi 38 kilogrammni tashkil etadi. Shuning evaziga unda harakatlanish ancha yengil va qulay, – deydi markaz katta instruktor-o‘qituvchisi, podpolkovnik Marsel Yagafarov. – Old himoya qismi ham ancha kuchaytirilgan. Undan ham ovoz, ham raqamli tugmachalar orqali aloqaga chiqish mumkin. Bosh shlemda videotasvirga olish imkoni mavjud bo‘lib, u onlayn rejimida ishlaydi. Bu sapyor ko‘rib turgan vaziyatni uzoqdagilar ham ko‘rib turadi, deganidir. Aloqa sifati ham juda yaxshi.
– Avvalgilaridan ancha ustunlikka ega, – deydi katta leytenant Mehriddin Hasanov. – Lekin foydalanish jarayonida ayrim noqulayliklarga ham duch keldim. Shlem ichida boshning harakatlanishi cheklangan. Xavf yuzaga kelganda boshni orqaga olish mushkul ekan. Yana uni bir kishi kiyib-yechishi biroz ko‘p vaqt oladi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025