Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyaga S-400 yetkazib berishni muddatidan oldin yakunladi
Rossiya Turkiyaga qiymati 2,5 milliard dollarlik to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berdi.
Rossiya Turkiyaga S-400 yetkazib berishni yakunladi, deb ma'lum qildi "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev.
Uning qayd etishicha, zenit-raketa majmuasining barcha qismlari muddatidan oldin yetkazib berilgan.
Shu bilan birga, Mixeyevning so‘zlariga ko‘ra, "Rosoboroneksport" Hindistonda jahondagi ilk 200-seriyadagi Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonasini ochgan.
Turkiyaga S-400 "Triumf" zenit-raketa majmualarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2017 yil aprelda imzolangandi.
Rossiya Turkiyaga qiymati 2,5 milliard dollarlik to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berdi.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akarning bildirishicha, S-400 kelgusi yil bahorigacha foydalanishga tayyor holga keltiriladi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026