Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq janubidagi tartibsizliklar vaqtida 120 kishi jarohatlandi
Namoyish qatnashchilari o‘tgan haftada ushbu portga olib boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan, natijada port faoliyati to‘xtab qolgandi.
Foto: aa.com.tr
Iroq janubidagi Umm-Qasr porti hududida namoyishchilar va kuch ishlatish tizimlari xodimlari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 120 kishi jarohatlandi. Bu haqda Al Sumaria telekanali xabar berdi.
Namoyish qatnashchilari o‘tgan haftada ushbu portga olib boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan, natijada port faoliyati to‘xtab qolgandi.
Umm-Qasr Iroq uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, import oziq-ovqat mahsulotlarining sezilarli qismi shu port orqali keltiriladi.
Xabar qilinishicha, mamlakat IIVning tartibsizliklarga qarshi kurashish bo‘linmasi namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar hamda o‘qotar qurollardan foydalangan.
Iroqda oktyabrdan buyon turmush sharoitlarining yomonligi, ishsizlikning o‘sishi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Namoyishchilar hukumat iste'fosini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026