O‘zbekiston | 08:16 / 04.11.2019
1827
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

2019 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston-Norvegiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tadi. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, unda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi Audun Halvorsen boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. 

Norvegiya delegatsiyasi tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid