Jahon | 18:40 / 04.11.2019
19155
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburg–Urganch yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonning Urganch shahriga uchgan samolyot yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilishi oqibatida Samaradagi aeroportda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti aeroport matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«To‘rtinchi noyabr kuni Kurumoch xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg–Urganch yo‘nalishida uchayotgan Uzb 638 reysi majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Majburiy qo‘nishning sababi – bortda bo‘lgan yo‘lovchi o‘zini noxush his qilganidir», - deya xabar bergan agentlik manbasi.

Samarada yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va u tezkorlik bilan shahar shifoxonalaridan biriga yotqizildi. Mahalliy vaqt bilan soat 14:20da samolyot parvozini davom ettirgan.

Bundan avvalroq Moskva - Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid