Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana is gazidan zaharlanish: Samarqandda bir kishi vafot etdi
Foto: Shutterstock
Samarqand shahrida is gazidan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.
2019 yil 2 noyabr kuni soat 23:00larda Samarqand shahar, Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv isitish gaz "kolonka"sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Qo‘qonda uch kishi, Xorazmda er-xotin ikki bolasi bilan is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:23
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025