Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Ermatov: «Bizda ayni damda ikkita xususiy klub bor»
Foto: Tribuna.uz
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov prezidentning «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi farmoni yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda klublarni xususiylashtirish borasida qanday ish olib borilayotgani haqidagi savolga javob berdi.
«Dunyo futbolida ko‘plab katta jamoalar xususiy hisoblanadi. Klublarning o‘z egasi bor va ular o‘sha klublarga foyda olish uchun investitsiya tikadi.
Albatta, klublarning xususiy bo‘lishi futbolni faqat rivojlantiradi. Bizda hozir faqat ikkita xususiy klub bor: «Paxtakor» va «Qo‘qon-1912». Umid qilaman, bunday jamoalar soni oshadi»,— deya Ermatovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:53 / 28.10.2025
O‘FA «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev so‘zlari yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi
22:47 / 23.10.2025
“Navbahor” va “Neftchi”ning Superligada to‘plagan ochkolaridan 3 ochko olib tashlanishi mumkin
22:37 / 12.10.2025
Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:16 / 06.10.2025