Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada terakt tayyorlashda gumon qilingan o‘zbekistonlik ozod qilindi
Shvetsiya hukumati avvalroq terakt tayyorlash va terrorchilikni moliyalashtirish uchun 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan 46 yoshli o‘zbekistonlikni deportatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda TT axborot agentligi xabar berdi.
Shu bilan birga, xavfsizlik politsiyasi SePOda hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik yurtida ta'qib qilinishi mumkin, deb hisoblanib, u ayni vaqtda ozod qilingan.
Qirollik hududida teraktlar tayyorlash ishi bo‘yicha sud jarayoni yanvar-fevral oylari bo‘lib o‘tgandi va unda 6 kishiga ayblovlar bildirilgan. Ulardan 3 nafari kimyoviy moddalar va qurilmalar sotib olish va saqlashda gumon qilingan. Ulardan 30 va 39 yoshli gumonlanuvchilar oqlangan, 46 yoshli gumonlanuvchi esa aybdor deb topilgan. Shuningdek, barcha gumonlanuvchilar terrorchilikni moliyalashtirishda ayblanganlar, biroq o‘z ayblarini tan olmaganlar. 5 nafar ayblanuvchi O‘zbekistonning 30 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan 5 fuqarosi, yana bir ayblanuvchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Ulardan 4 nafari, jumladan 46 yoshli o‘zbekistonlik terrorchilikni moliyalashtirishda aybdor deb topilib, 4 oydan 6 oygacha ozodlikdan mahrum etilganlar.
Mart oyida okrug sudi 46 yoshli o‘zbekistonlikning IShID bilan aloqasi borligini isbotlangan deb topib, uni 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Biroq iyunda appelyatsiya sudi birinchi instansiya sudi qarorini tasdiqlamagan va O‘zbekiston fuqarosidan teraktni tayyorlash ayblovini olib tashlagan, biroq uni terrorchilikni moliyalashtirishda aybdor deb tan olgan. Shundan keyin sudlanuvchi milliy xavfsizlikka xavf soluvchi shaxs sifatida SePO tomonidan deportatsiya qilinmoqchi bo‘lib, politsiya izolyatoriga joylashtirilgan. Politsiyaning bu istagi ustidan shikoyat qilinib, bu masala bo‘yicha yauniy qaror endigina qabul qilindi.
Oktabr oxirida Shvetsiya hukumati SePO amaliyoti vaqtida ushlangan 6 nafar ayblanuvchini deportatsiya qilish haqidagi qarorni qabul qilgan. Ayni vaqtda ular ozodlikka chiqarilgan. Migratsiya ishlari bo‘yicha appelyatsiya sudi bu shaxslar “o‘z yurtlarida ta'qibga uchrashlari mumkinligi” sababli ularni deportatsiya qilishga to‘sqinlik bor, degan qarorga kelgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026