Jahon | 15:40 / 06.11.2019
6855
2 daqiqa o‘qiladi

MDH chegara xizmatlari guruhi 2020 yilda harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Barcha tuzilmalarning kuch va vositalari jalb etilgan bunday mashg‘ulot birinchi marta bo‘lib o‘tadi.

MDH davlatlari chegara xizmatlari guruhi 2020 yilda Rossiya hududida qo‘shin va texnikani jalb etgan holda ilk o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazadi. Bu haqda davlatlar chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining koordinatsion xizmat raisi general-polkovnik Aleksandr Manilov Toshkentda ochilgan ShXT mintaqaviy anksilterror tuzilmasining yettinchi ilmiy-amaliy anjumanida ma'lum qildi.

"2020 yilda RF hududida ishtirokchi davlatlarning barcha chegara xizmatlari, tegishli tuzilmalari ishtirokida qo‘shinlarni jalb etgan holda yirik shtab-qo‘mondonlik mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Barcha tuzilmalarning kuch va vositalari jalb etilgan bunday mashg‘ulot birinchi marta bo‘lib o‘tadi", - dedi Manilov. 

Manilovning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytga qadar Qozog‘iston hududida qator shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qildi. Kuch tuzilmalarining amaliyoti natijasida qurshab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yo‘q qilindi, besh nafari qo‘lga olindi. Otishma oqibatida chegara qo‘shinlari askari va bir militsioner halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid