Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘rilikda gumonlangan talaba qo‘lga olindi
3 noyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumani «Rabot» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.E.ning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi.
«Postda» nashri xabariga ko‘ra, uy mehmonxonasidan umumiy qiymati 4 million so‘mlik uch turdagi zargarlik buyumi va hovlidagi qo‘yxonadan bir bosh qo‘y o‘g‘irlab ketilgan.
Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng voqea joyiga ichki ishlar organi xodimlari yetib keldi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyat qisqa fursatda fosh etildi. «Rabot» mahalla fuqarolar yig‘ida yashovchi, Buxoro muhandislik institutining 2-bosqich talabasi K.A. jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
18:24 / 25.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilikdan so‘ng, muzey xazinasi Fransiya bankiga yashirildi
18:28 / 22.10.2025