Iqtisodiyot | 08:13 / 08.11.2019
11258
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi umumiy qarz 188 trillion dollarga yetdi

Foto: Foto: Jose Luis Magana / AP

Dunyodagi davlat va xususiy qarz rekord qiymatga yetib, 188 trln dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa dunyo yalpi ichki mahsulotining 230 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Xalqaro valuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyeva Jak Polak nomidagi anjuman ochilishida ma'lum qildi. 

Georgiyevaning aytishicha, barcha qarzning uchdan ikki qismi xususiy sektorga tegishli. Dunyo bunday ulkan raqamlarni Ikkinchi jahon urushidan beri ko‘rmagan. 

XVJ rahbari pullarni hozir olib, ularni keyin qaytarish ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishini eslatib o‘tgan. Qadimgi zamonlarda odamlar urug‘larni sotib olish uchun qarz olgan, qarzni esa hosilni yig‘ib olgandan keyin qaytarishgan. “Hozir ham banklar va kreditorlar kelajak taraqqiyot uchun urug‘lar ekishda muhim rol o‘ynamoqda”, deb aytgan Georgiyeva.

Shu bilan birga tarix hech narsa bilan mustahkamlangan kredit ajiotaji jahon moliyaviy inqiroziga olib kelgani kabi qarz berishning salbiy tomonlarini ham biladi.

XVJ direktori bunday muammolardan qochish uchun qarz olishga e'tiborliroq bo‘lishni, uning o‘rniga investitsiyalarga ko‘proq ahamiyat berishni taklif qilgan. 

“Umumiy vazifamiz davlatlarga kelajak avlod mo‘l hosil olishi uchun urug‘larni to‘g‘ri ekishda yordam berishdan iborat”, deb qo‘shimcha qilgan Georgiyeva.

Mavzuga oid