Jamiyat | 10:25 / 08.11.2019
8395
2 daqiqa o‘qiladi

Oltiariqda yuz bergan yong‘in oqibatida beshikda bo‘lgan chaqaloq vafot etdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 7 noyabr kuni soat 13:24da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Navbahor MFY Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan 45-uyda yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘in oqibatida 2018 yilda tug‘ilgan qizcha tutundan zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lganligi haqida Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo‘limidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan.

Tezkor-tergov guruhi xodimlari tomonidan voqea joyiga borib, hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yashash xonada nosoz elektr isitish moslamasini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilishi natijasida uyning 5 kv.metr maydonda pol qismi va ichki jihozlari yonib zararlanganligi, achinarlisi shu xonada beshikda bo‘lgan chaqaloq tutundan zaharlanib, vafot etganligi ma'lum bo‘lgan.

“Aziz hamyurtlar! Qo‘lbola va nosoz gaz, elektr isitish moslamalaridan foydalanmang, isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling, yosh bolalarni va go‘daklarni uyda qarovsiz, nazoratsiz qoldirmang”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid