Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda kosmik tarmoq uchun kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi»)da aytilgan.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2018-2019 yillarda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy xatti-harakatlar rejasi («Yo‘l xaritasi») hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Kosmik tarmoq uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xatti-harakatlar rejasiga («Yo‘l xaritasi») muvofiq milliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida kosmik tarmoq uchun kadrlar tayyorlash tashkil qilinadi.
Yo‘l xaritalarida ko‘rsatilgan tadbirlar kompleksi 2019 yil 1 dekabrgacha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Shuningdek, kosmik texnologiyalarga aloqador bo‘lgan ixtisosliklardagi bakalavrlar va magistrantlarni xorijiy o‘quv markazlarida kosmik tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy hamkorlar bilan kelishuvga 2020 yil 1 sentyabrgacha «O‘zbekkosmos» agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi erishishi lozim.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida kosmik texnologiyalar ilovalarini qo‘llashga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-amaliy markazlari tashkil etiladi.
Bu borada tadbirlar kompleksi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2020 yil 1 sentyabrgacha «O‘zbekkosmos» agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
08:05 / 02.04.2026
Oyga yangi qadam: NASA'ning “Artemida-2” missiyasi boshlandi
07:53 / 09.03.2026