Jahon | 18:26 / 09.11.2019
7574
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShni Suriyadagi neft konlari bo‘yicha bayonotlari tufayli tanqid qildi

Foto: AP Photo/Hussein Malla

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li shanba kuni AQShni Suriyadagi neft konlari bo‘yicha pozitsiyasi uchun tanqid ostiga oldi.

«Ular neft konlari tufayli o‘sha yerda ekanliklarini tan olishmoqda va ochiq aytishmoqda. Hech kim Suriya manbalariga haqli emas. Ular minglab kilometr masofani bosib o‘tgan holda bu yerga kelishdi va: «Biz bu mamlakatning neft konlarini baholaymiz», deyishdi. Bu xalqaro huquq normalariga zid», - deya TIV rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda A Haber. Chavusho‘g‘li ushbu obektlar «Suriya xalqiga tegishli» ekanligini qayd etdi.

Shanba kuni Anadolu AQSh harbiylari Suriya Arab Respublikasidagi neft konlarini qo‘riqlashni kuchaytirayotgani haqida xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp oktabr oyi oxirida amerikalik harbiylar Suriya shimolida Turkiya operatsiyasi hududidan olib chiqilishini e'lon qildi, ammo Vashington mamlakat shimoli-sharqidagi neft konlari ustidan nazoratni saqlab qolish niyatida ekanligini aytdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid