Jahon | 22:51 / 10.11.2019
5582
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada 600 nafargacha harbiy qoldirishni rejalashtirmoqda    

Vashington Suriyada 500-600 nafar harbiy qoldirmoqchi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli ABC telekanaliga intervyusida ma'lum qildi.

Foto: EPA-EFE/YOUSSEF RABIH

General “Suriyada 700 dan ko‘proq harbiy qoldiriladimi?” degan savolga “Ular mingdan kamroq bo‘ladi, bu aniq. Ehtimol, 500 yoki 600 ga yaqin. Taxminan shuncha. Biroq vaziyatni tahlil qilishni yakunlamaganimiz uchun aniq raqamlarni ma'lum qilmaymiz”, deb javob qilgan.

“Mintaqada hanuzgacha IShID jangarilari qolmoqda. Agar ularga bosim o‘tkazilmasa, unda IShIDning tiklanishi uchun sharoit vujudga keladi”, deb qo‘shimcha qilgan general. Uning ta'kidlashicha, Vashington Suriyada kam sonli qo‘shin qoldirmoqchi. “Vazifa hamon IShIDni mag‘lub qilishdan iborat”, deb qo‘shimcha qilgan Milli.

General AQSh IShIDning yangi yetakchisi haqida ma'lumotga ega ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid