Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi ikki yo‘lovchini urib yubordi
Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida «Gaz 52» rusumli yuk mashinasi, yo‘l qatnov qismining chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, 9 noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi Ye.A. «Gaz 52» rusumli yuk mashinasini ishonchnoma orqali Amudaryo viloyati «G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» A-380 avtomobil yo‘lining 727 kilometrda boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining o‘ng chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A. larni urib yuborgan.
Natijada, B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda Ye.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib so‘roq qilingan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Xorazm viloyatining Urganch tumani hududida jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgandi.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026